Python Foundation
Python dasturlashni noldan o'rganing. Kurs davomida Python sintaksisi, algoritmik fikrlash, funksiyalar, OOP, fayllar bilan ishlash va real mini loyihalarni yaratishni o'rganasiz.
Kurs haqida
Python Foundation kursi dasturlashni endi boshlayotganlar uchun mo'ljallangan. Kurs davomida Python dasturlash tilining asoslari, algoritmik fikrlash, funksiyalar, obyektga yo'naltirilgan dasturlash (OOP), fayllar bilan ishlash, xatolarni boshqarish (Exception Handling), modullar va Git/GitHub bilan ishlash o'rgatiladi.
Darslar nazariya va amaliyot uyg'unligida olib boriladi. Har bir mavzudan so'ng amaliy topshiriqlar bajariladi va kurs yakunida o'quvchilar mustaqil mini loyiha ishlab chiqadilar.
Kurs davomida quyidagi mavzular o'rganiladi:
• Python sintaksisi
• O'zgaruvchilar va ma'lumot turlari
• Operatorlar
• Shart operatorlari (if/else)
• Takrorlanuvchi sikllar (for, while)
• Funksiyalar
• Modullar
• OOP (Object-Oriented Programming)
• Exception Handling
• Fayllar bilan ishlash
• JSON va CSV
• Requests kutubxonasi
• Git va GitHub asoslari
Yakuniy loyiha sifatida o'quvchilar Telegram Bot, Quiz Application, Password Manager yoki Student Management System kabi dasturlarni yaratadilar.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilar Python dasturlash bo'yicha mustahkam bilimga ega bo'lib, Algorithms & Data Structures, Django Full Stack, AI for Developers hamda Cyber Security Foundation kurslariga davom etishlari mumkin.
Prerequisite:
• Dasturlash bo'yicha oldingi bilim talab etilmaydi.
• Kompyuterdan oddiy foydalana olish kifoya.