Barcha kurslar
Kompyuter savodxonligi
Kompyuter, Word, Excel, PowerPoint, Paint va brauzerdan foydalanishni noldan o’rganing.
Kurs haqida
Kompyuter savodxonligi kursi kompyuter bilan endi tanishayotganlar uchun mo’ljallangan. Bir oy davomida siz kompyuterni yoqish-o’chirish, sichqoncha va klaviatura bilan ishlash, fayl va papkalarni boshqarishni o’rganasiz. Microsoft Word’da hujjat yaratish va bezash, Excel’da jadval tuzish va oddiy formulalar bilan ishlash, PowerPoint’da taqdimot tayyorlash, Paint’da oddiy rasm chizish va tahrirlash ko’nikmalarini egallaysiz. Shuningdek, brauzer orqali internetdan ma’lumot qidirish, elektron pochta va xavfsiz internetdan foydalanish asoslarini o’rganasiz. Kurs amaliy mashg’ulotlarga asoslangan, har bir dars kompyuterda bajariladi.