Django & Django REST API
Django va Django REST Framework yordamida professional backend va REST API ishlab chiqishni o'rganing. Modellar, autentifikatsiya, ruxsatlar va API hujjatlashtirishni amaliy loyihalar orqali o'zlashtiring.
Kurs haqida
Django & Django REST API kursi Python asoslari va PostgreSQL'ni bilgan hamda Backend dasturchi bo'lishni istagan o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
Kursga qo'shilish uchun talablar:
- Python asoslari (Python Foundation)
- PostgreSQL ma'lumotlar bazasi bilan ishlash
Kurs davomida siz Django Framework yordamida veb-ilovalar yaratish, ORM orqali ma'lumotlar bazasi bilan ishlash, Django REST Framework yordamida REST API ishlab chiqish, foydalanuvchi autentifikatsiyasi va ruxsatlarni sozlash hamda API'ni hujjatlashtirish va test qilishni o'rganasiz.
Nazariy bilimlar real loyihalar bilan mustahkamlanadi. Har bir modul yakunida amaliy topshiriqlar bajariladi va kurs oxirida to'liq ishlaydigan REST API loyiha ishlab chiqiladi.
Kursning asosiy mavzulari:
- Django loyiha tuzilmasi, sozlamalar va virtual muhit
- URL, View (FBV va CBV) va Template'lar
- Modellar, Django ORM va migratsiyalar
- PostgreSQL'ni Django bilan ulash
- Django Admin panelini sozlash
- Formalar va validatsiya
- REST arxitekturasi va HTTP metodlari
- Django REST Framework: Serializer, APIView, ViewSet, Router
- Autentifikatsiya: Session, Token va JWT
- Ruxsatlar (permissions) va throttling
- Filtrlash, qidiruv va pagination
- Fayl va rasm yuklash
- API hujjatlashtirish (Swagger / drf-spectacular)
- API'ni test qilish (Postman, unit testlar)
- Yakuniy loyiha: to'liq REST API ishlab chiqish