Nurli Kelajak IT ACADEMY
Barcha kurslar
O'rta Oflayn 3 oy

Algorithms & Data Structures

Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalari bo'yicha mustahkam bilimga ega bo'ling. Kurs davomida murakkablik tahlili, mashhur algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarini amaliy masalalar orqali o'rganasiz.

Algorithms & Data Structures

Kurs haqida

Algorithms & Data Structures kursi dasturlash asoslarini o'zlashtirgan va algoritmik fikrlashni rivojlantirmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Ushbu kurs orqali murakkab masalalarni samarali yechish, kodni optimallashtirish va texnik suhbatlarga (Technical Interview) tayyorlanish ko'nikmalariga ega bo'lasiz.

Kurs davomida nazariy bilimlar amaliy masalalar bilan mustahkamlanadi. Har bir mavzu yuzasidan ko'plab kod yozish mashqlari bajariladi hamda ProblemStack platformasi orqali algoritmik masalalar yechiladi.

Kurs davomida quyidagi mavzular o'rganiladi:

• Algorithmic Thinking
• Time Complexity va Space Complexity
• Big O Notation
• Arrays
• Strings
• Two Pointers
• Sliding Window
• Recursion
• Sorting Algorithms
• Searching Algorithms
• Binary Search
• Linked List
• Stack
• Queue
• Hash Table (Dictionary)
• Set
• Trees
• Binary Search Tree
• Heap
• Priority Queue
• Graph
• Depth First Search (DFS)
• Breadth First Search (BFS)
• Greedy Algorithms
• Dynamic Programming (Introduction)
• Backtracking
• Problem Solving Techniques

Kurs davomida LeetCode uslubidagi ko'plab masalalar ishlanadi va algoritmik musobaqalarga tayyorgarlik olib boriladi.

Yakuniy loyiha sifatida o'quvchilar murakkab algoritmik masalalar to'plamini mustaqil yechadilar hamda ProblemStack platformasida reyting tizimi orqali baholanadilar.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilar Django Full Stack, AI for Developers, Cyber Security Foundation va Competitive Programming yo'nalishlarida bemalol davom etishlari mumkin.

Prerequisite:

• Python Foundation kursini tamomlagan bo'lish yoki Python dasturlash asoslarini bilish.
• Funksiyalar, sikllar va OOP haqida boshlang'ich tushunchaga ega bo'lish.